O‘zbekistonda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudga yangi vakolat beriladi. Bu haqda 2019-2021 yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilgan.
Qayd etilishicha, ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish taqiqlanganligi va xatlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya) tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish va taqiqni (xatlovni) yechish mexanizmi joriy etiladi.
Bu boradagi tegishli kompleks chora-tadbirlar 2021 yil yanvar oyigacha ishlab chiqilishi lozim. Ijro etilishiga mas’ul - Adliya vazirligi (Davletov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Oliy sud (Komilov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Davlat xavfsizlik xizmati (Azizov), Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), Milliy gvardiya (Toshmatov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi