11:36 / 11.09.2019
3 064

«Buyuk kelajak»ning bir guruh ekspertlari tashkilotni tark etdi

«Buyuk kelajak»ning bir guruh ekspertlari tashkilotni tark etdi
Foto: uzexpertsovet.com
«Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat-notijorat tashkilotining o‘n nafar eksperti tashkilot ichida yuzaga kelgan ayrim muammolar sabab tashkilotni tark etishini ma’lum qilishdi.

Bu haqda ular tashkilotning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagicha izoh qoldirishgan:

“Qadrli do‘stlar,
«Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat–notijorat tashkiloti tashkil etilganda biz O‘zbekistondagi islohotlarga o‘z hissamizni qo‘shishimiz uchun imkon yaratilganidan xursand bo‘lgandik. Biz barchamiz O‘zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini yaratish bo‘yicha bir qator loyihalarda ishtirok etdik, ishlab chiqdik, Biz «Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat-notijorat tashkilotining (XNNT) ikkita forumida va boshqa ko‘plab, tadbirlarda onlayn ravishda va shaxsan ishtirok etdik.

Ming afsus bilan tashkilot ichidagi ayrim sabablarga ko‘ra, biz mazkur tashkilot doirasidan chiqamiz, ammo mamlakat taraqqiyoti uchun o‘z hissamizni qo‘shishda davom etamiz».

Imkoniyatdan foydalanib, «Buyuk kelajak» XNNT ekspertlari va xodimlariga, xalqaro tashkilotlar, vazirlik va qo‘mitalar vakillariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlariga minnatdorlik bildiramiz.

Hurmat bilan,
Behzod Hoshimov
Dilmurod Yusupov
Zaynab Muhammad-Do‘st
Qahramon Nosirov
Nodir Nuritdinov
Bahrom Radjabov
Toshtemir Haydarov
Umid Abidxadjayev
Hasan Redjaboyev
Shukurjon Nazarov”.
Eslatib o‘tamiz, «Buyuk kelajak» XNNT O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi. Tashkilot 2035 yilgacha O‘zbekistonning rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018 yilning aprel oyida tashkil etilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Buyuk kelajak»ning bir guruh ekspertlari tashkilotni tark etdi