11:58 / 11.09.2019
4 348

MChJ "GAZ 53"idan ayrildi

MChJ "GAZ 53"idan ayrildi
Qarzdorlikka oid ishlar amalga oshirilayotganda agar to‘lovning imkoni bo‘lmasa undiruv mol-mulkka qaratilishi tabiiy. Mol-mulki xatlangan fuqaro yoxud tashkilot ijro harakatlari davomida qarzdorlikni bartaraf etolmasa xatlangan mulk auksion savdolarida sotilishi aniq va albatta sotuvdan tushgan mablag‘lar qarzdorlikni qoplashga qaratiladi.

Yoxud mulk egasi pul summasi orqali qarzini uzsa, mulkini qaytarib olishi mumkin.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor "Sherali" MCHJdan undiruvchi K.Mamedov foydasiga 88 mln. 657 ming so‘m zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati byuro ish yurituviga kelib tushdi. Bir ish kunida mazkur varaqa asosida ijro ishi ochilib, yuzasidan ijro harakatlari boshlandi. Javobgarning qarzdorlikni bartaraf etishi lozim bo‘lgan imkoniyatlari, shart-sharoitlari o‘rganib chiqildi.

Majburiy ijro byurosining Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida MChJga tegishli, qidiruvda bo‘lgan "GAZ 53" avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MChJ "GAZ 53"idan ayrildi