15:53 / 11.09.2019
4 525

«Bundan odam sog‘ chiqmasa kerak». Angrendagi YTHdagi vagon ostida qolgan Damas (video)

«Bundan odam sog‘ chiqmasa kerak». Angrendagi YTHdagi vagon ostida qolgan Damas (video)
Angren shahridagi temiryo‘l kesishmasida 10 sentyabr kuni soat 4:00 atrofida yuz bergan YTH oqibatida salonida besh kishi bo‘lgan Damas’ni yuk poyezdining relsdan chiqib ketgan vagoni bosib qolgan edi.

Hodisa guvohlari YTHdan so‘ng ko‘p o‘tmay olingan videoni taqdim etdi. Unda Damas’ning majaqlanib ketganini ko‘rish mumkin. «Bu Damas’dan odam sog‘ chiqmasa kerak», deydi hodisa guvohlaridan biri.

Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hodisa oqibatida Damas’da bo‘lgan ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan, uch kishi esa kasalxonaga yotqizilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shifokorlar ularning hayoti uchun kurash olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bundan odam sog‘ chiqmasa kerak». Angrendagi YTHdagi vagon ostida qolgan Damas (video)