MIBchilar soxta «hamkasblari»ni fosh qilishdi

  • 11 sentyabr 2019, 16:41
  • 536
  • Jamiyat
  • MIBchilar soxta «hamkasblari»ni fosh qilishdi
    Voqelik Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi.

    Ikki shovvoz — gaz ta’minoti hududiy filialiga qarashli tumanlararo 4-sonli gaz ta’minoti uchastkasi tuman hududining chilangarlari Erkin va Farhod (ismlar shartli) «Do‘stlik» mahallasida yashovchi fuqaro Q.Tadjiyevaning qulog‘iga lag‘mon ilishibdi. Ya’nikim, ayolning xonadoni 2014 yil mart oyida tabiiy gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilganini bilgan chilangarlar uni qayta ulab berish uchun eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida pul undirishadi.

    Eng qizig‘i, ular ayolga o‘zlarini «Majburiy ijro byurosi xodimi» deb tanishtiradi. Ayolgina «MIB»chilarning gapiga chippa-chin ishonib, aytilgan pulni plastik kartasidan «Clik» orqali ularning kartasiga o‘tkazib beradi. Tushgan 420 ming so‘mdan 102 mingini tumanlararo 4-sonli gaz ta’minoti uchastkasi tuman hududi kassasiga to‘lov qilgan ikkovlon qolganini o‘zaro taqsimlab olishadi.

    Nahot ularning xatti-harakati shubha uyg‘otmagan bo‘lsa?

    Shubhaga o‘rin qoldirishmabdi-da: to‘lovni naqd emas, plastik kartadan olishmoqda, gaz hisoblash uskunasini qiyoslovdan o‘tkazishga risoladagidek yechib berishmoqda. Bundan tashqari xonadonda haqiqatda foydalanilmagan tabiiy gaz uchun 1 dona gaz plita bilan 2 dona isitish pechlarini yillik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani tuzishmoqdaki, bu holda kimda shubha uyg‘otishi mumkin?! Bunda ayolning sodda va ishonuvchaligini ham e’tiborga olmoq kerak.

    Biroq yopiqliq qozon shundog‘icha qolib ketmadi. Soxta MIBchilarning qilmishi haqiqiy MIB xodimlari tomonidan fosh etildi.
    Mazkur holat yuzasidan ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Manba: Xabar.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » MIBchilar soxta «hamkasblari»ni fosh qilishdi