17:05 / 11.09.2019
4 013

Ov qilish mavsumi va muddatlari aniq belgilab qo‘yiladi

Ov qilish mavsumi va muddatlari aniq belgilab qo‘yiladi
Qonunchilik palatasida «Ovchilik va ov xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda. Bu haqda deputat Xayrillo Gapporov xabar berdi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasini maromiga yetkazish jarayonida uning moddalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishiga e’tibor qaratilyapti. Qonun loyihasidagi asosiy tushunchalarning bir qismi ayrim moddalarda aks ettirilmoqda. Undan tashqari, ayrimlari boshqa qonunlarda qo‘llanilishini inobatga olgan holda qonun loyihasidan chiqarilmoqda. Loyihaga ovchilik resurslari va ovchilik resurslaridan foydalanuvchilar hamda ov qilish turlari aks etgan yangi moddalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasida ovchilik resurslarining sonini tartibga solish, ovchilik resurslarini tutishga doir kvotalar, ov qilish mavsumi va muddatlari, g‘ayriqonuniy ravishda ov qilish (brakonerlik), ovchilik yo‘llanmasi, ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini taqdim etish kabi masalalar aniq qilib belgilanmoqda. Shuningdek, ovchilik xo‘jaliklarining yovvoyi hayvonlar sonini ularning yashash joylari doirasida saqlab turish, ko‘paytirish yoki kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish majburiyatlari belgilanmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi ov hayvonlaridan oqilona foydalanish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga, yovvoyi hayvonlar hisobini yuritish, ularni ko‘paytirish va tutish normalarini tartibga solish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga, ov turizmining rivojlantirilishiga hamda ov xo‘jaliklari holatining yaxshilanishiga olib keladi, deyiladi deputat ma’lumotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ov qilish mavsumi va muddatlari aniq belgilab qo‘yiladi