18:39 / 11.09.2019
5 906

Milliy gvardiyada ilk bora kursantlar anjumani o‘tkazildi

Milliy gvardiyada ilk bora kursantlar anjumani o‘tkazildi
Barkamol avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Bugungi kunda keng bilim va tafakkurga, yuksak professional va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual jihatdan rivojlangan, o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lgan iste’dodli va iqtidorli harbiy kadrlarni tayyorlash masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Harbiy kadrlarda ushbu sifatlarni shakllantirishda tarixiy bilimlarning roli muhimdir.

Ana shunday ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, Xarbiy-texnik institutining Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari rahbarligida joriy yilning 9 sentyabr kuni Institutda “Zamonaviy harbiy uskuna va vositalarning yaratilish tarixi” mavzusida ilk kursantlar anjumani o‘tkazildi.
Ushbu anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti professor-o‘qituvchilari va kursantlari ishtirok etdilar.

Anjumanda so‘zga chiqqan o‘qituvchilar ilmiy tadqiqot ishlar borasida, ayniqsa kursantlarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish, ularning ilmiy to‘garaklari faoliyatini jadallashtirish, Ustoz-shogird tizimini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdilar va kursantlarga bu boradagi ishlarini yanada jadallashtirish borasida o‘zlarining qator taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdilar.

Shuningdek, bo‘lib o‘tgan tadbirda Institut kursantlari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Anjumanning eng diqqatga sazovor tomoni shundaki, kursantlar o‘zlari izlanib, tadqiqot olib borgan mavzulari bo‘yicha nafaqat o‘zbek tilida, balki rus va ingliz tillarida ham qiziqarli taqdimot materiallari bilan ma’ruza qildilar.
Ma’ruzachilar chiqishlaridan so‘ng anjuman mavzulari yuzasidan qiziqarli bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.

N.S.Rasulova,
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Harbiy-texnik instituti dotsenti, t.f.n.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy gvardiyada ilk bora kursantlar anjumani o‘tkazildi