12:00 / 12.09.2019
3 076

Adliya vazirligi ayrim vakolatlaridan mahrum bo‘ldi

Adliya vazirligi ayrim vakolatlaridan mahrum bo‘ldi
Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Advokatura to‘g‘risida»gi 349-1-sonli Qonuniga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi:

3-1-modda (Advokat maqomiga ega bo‘lish) quyidagi mazmundagi o‘ninchi qism bilan to‘ldirildi: «Advokatlik guvohnomasining shakli va uni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi»;

17-modda (Advokatura va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi) birinchi qismining (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida): oltinchi xatboshisi chiqarib tashlandi (advokatlik guvohnomasining shaklini va uni berish tartibini tasdiqlaydi);

yettinchi xatboshisi (order shaklini tasdiqlaydi) oltinchi xatboshi deb hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi 763-1-sonli Qonuni 8-moddasining (Nodavlat notijorat tashkilotining majburiyatlari) uchinchi qismi (Nodavlat notijorat tashkilotlarining tadbirlar o‘tkazishni, shuningdek chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishib olishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi) quyidagi tahrirda bayon etildi:

«Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishib olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi ayrim vakolatlaridan mahrum bo‘ldi