13:36 / 12.09.2019
3 181

Qamoq jazosidan keyingi xulosa

Qamoq jazosidan keyingi xulosa
Inson tabiati qiziq. Avvaliga farzandlari dunyoga kelsa olamni buzgudek hayqiradi. Vaqt-u soat o‘tishi bilan hayotning og‘ir yengilliklari oldida taslim bo‘lsa na oila va na farzandlarining taqdiri qiziqtiradi. Sizga so‘zlab bermoqchi bo‘lganimiz mazkur ota ham xuddi shunday otalar sirasiga kiradi. 66 oy yoki 5 yil-u 6 oy o‘z farzandlarining issiq sovug‘idan xabar olmagan, qiziqmagan, o‘ylamagan padaru buzrukvorni nima deb atash mumkin.

Holatni tahlil qiladigan bo‘lsak, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 15.01.2009 yilgi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor ota E.A.dan undiruvchi M.I. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor tomonidan 2014 yil yanvar oyidan 2019 yil iyun oyiga qadar 40.859.112 so‘m aliment pullarini to‘lamay kelgan, oqibatda katta miqdorda aliment qarzdorligi yuzaga kelgan.
Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi taqdimnomasiga asosan, 17.06.2019 yilda Yakkasaroy tuman ma’muriy sudi tomonidan qarzdor E.A.ga nisbatan MJtKning 474-modasiga asosan, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Qarzdor ota ushbu belgilangan jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng, jami qarzdorligidan 33.500.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun undirib berildi. Qolgan qarzdorligi yuzasidan majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamoq jazosidan keyingi xulosa