14:01 / 12.09.2019
3 188

Ta’minotchi korxona mutaxassisining firibgarligi fosh bo‘ldi

Ta’minotchi korxona mutaxassisining firibgarligi fosh bo‘ldi
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasiga Amudaryo tumanida yashovchi fuqaro G.Xujaniyazova ariza bilan murojaat qiladi.
O‘z murojaatida fuqaro G.Xujaniyazova o‘z uyining tabiiy gazdan qarzdorligi bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida tuman gaz ta’minoti korxonasiga borganligi, u yerda “Shuxrat” ismli shaxs fuqaroning tabiiy gazdan 1 mln. 350 ming so‘m qarzi borligini aldab aytib, yo‘q qilib berish evaziga boshida 600 ming so‘mni firibgarlik yo‘li bilan talab qilganligini va so‘ngra 400 ming so‘mga kelishib ushbu pullarni talab qilib kelayotganligini bildirgan.

Ushbu murojaat yuzasidan Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi tezkor xodimlari tomonidan tuman gaz ta’minoti korxonasi binosida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida korxona mutaxassisi Sh.Yu. qarzdorlikni yo‘q qilib berish evaziga 400 ming pulini firibgarlik yo‘li bilan aldab olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qulga olindi.

Mazkur holat yuzasidan korxona mutaxassisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi
1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ta’minotchi korxona mutaxassisining firibgarligi fosh bo‘ldi