Registon maydonida «banket» o‘tkazishga viloyat hokimi ruxsat bergan (foto, video)

  • 13 sentyabr 2019, 00:30
  • 3 786
  • Jamiyat
  • Registon maydonida «banket» o‘tkazishga viloyat hokimi ruxsat bergan (foto, video)
    Joriy yilning 8 sentyabr kuni Registon maydoni Mirzo Ulug‘bek madrasasida o‘tkazilgan kechki «banket» ijtimoy tarmoqlarda keskin e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi bloger Mirzo Subhonov.

    Ushbu «qabulning» O‘zbekistonning eng mashhur tarixiy obidasida o‘tqazilganligini afsus bilan aytib utish kerak. Biron bir xalq o‘zining tarixiy obidalariga «restoran» yoki «bazmgoh» sifatida qaralishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak albatta, deydi muallif.

    Mirzo Subhonovning aniqlashicha, Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ushbu tadbirni o‘tqazishga o‘zi ruxsat bergan bo‘lsada, hokimlik aybni Tashqi ishlar vazirligiga o‘tqazishga harakat qilmoqda. Xuddiki, tadbir Vazirlikning 2019 yil 30 iyuldagi 03-1/32570-sonli xati asosida amalga oshirilgandek. Vazirlik o‘zining yuqoridagi xatida «Registondagi banket» deb nomlangan tadbir va boshqalarni o‘tqazish masalasini Samarqand viloyat hokimligi tomonidan «vakolat doirasida tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish» uchun yo‘naltirgan xolos.

    Bundan tashqari Samarqand viloyat hokimiga bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushgan murojaatga "Tashkillashtirilsin" deb B.Nurullayev, R.Qobilov, B.Raxmatullayev, X.Muxammadiyev va B.Obloqulovlarga topshiriq berilganligi ham jamoatchilikdan yashirildi. Mirzo Subhonov ushbu so‘zlariga dalillarni ilova qilgan:


    Bir necha yil oldin Registon maydonida o‘z farzandining nikoh to‘yini o‘tqazish niyatini bildirgan asli o‘zbekistonlik neft magnati biznesmen Azam Aslanovga hukumat tomonidan har qanday pul evaziga ham ruxsat berilmaganini eslashimiz mumkin. Rad javobini olgan biznesmen Yalta shahrida Registon maketini qurib o‘zining «super to‘y»ini ytqazgan edi. Ushbu to‘yda mashhur o‘zbek va rus xonandalari bilan bir qatorda jahon mikyosidagi estrada yulduzi Djennifer Lopes ham, bir million dollar haq evaziga qatnashgani ham shov shuvga sabab bo‘lgan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Registon maydonida «banket» o‘tkazishga viloyat hokimi ruxsat bergan (foto, video)