Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibiga o‘zgartish kiritiladi

  • 13 sentyabr 2019, 11:38
  • 1 928
  • Jamiyat
  • Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibiga o‘zgartish kiritiladi
    Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

    Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilishi mo‘ljallangan qo‘shimchalar va o‘zgartirish:

    quyidagi mazmundagi 8-1-band qo‘shiladi:

    “8-1. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazish) to‘g‘risidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.

    Ariza shaxsning o‘zi, uning ishonchi vakili yoki manzil-koloniyasi ma’muriyati tomonidan berilishi mumkin.”.

    Quyidagi mazmundagi 18-1-band qo‘shiladi:

    “18-1. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning pasporti (istiqomat uchun berilgan guvohnoma) nusxasi manzil-koloniyasi ma’muriyati tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan holda manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.”.

    157-bandda (Ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklatilgan tashkilot yoki pensionerning xohishiga ko‘ra pul mablag‘larini fuqarolarning depozit hisob raqamlariga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan tijorat bankining filiali orqali to‘lanadi):

    quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qo‘shiladi:

    “Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya to‘lovi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan manzil-koloniyasi ma’muriyati orqali fuqarolarning depozit hisob raqamlariga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

    Manzil-koloniyasi ma’muriyati har oyning 1 sanasiga qadar joriy oy uchun manzil koloniyasida jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar to‘lovi uchun mablag‘larni olishga ushbu Nizomga 15-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha talabnomani manzil-koloniyasi joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etadi.”;

    ikkinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblanadi.

    170-bandning (Pensioner O‘zbekiston Respublikasi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chgan taqdirda pensiya hujjatlar yig‘majildi pochta orqali pensionerning yangi yashash joyi bo‘yicha joylashgan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi yoki pensionerning qo‘liga beriladi) birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

    “Pensioner O‘zbekiston Respublikasi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chgan taqdirda, manzil-koloniyalarida jazoni o‘tayotganda yoki manzil-koloniyasidan ozod etilganda, pensiya hujjatlar yig‘majildi pochta orqali pensionerning yangi yashash joyi yoki manzil-koloniyasi joylashgan hudud bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi yoxud pensionerning qo‘liga beriladi.”.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibiga o‘zgartish kiritiladi