Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi o‘z vaqtida tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro L.A. boshqaruvida bo‘lgan “Volvo FH 12” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, avtotransportning texnik asbob va anjomlar saqlanadigan qismida og‘zaki so‘rovda aytilmagan hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 60 million so‘mlik 30 ming dona xorij mobil aloqa kompaniyalarining sim kartalari borligi aniqlandi.
Yana bir holat “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlandi. Ushbu postga fuqaro Yu.A. boshqaruvida kirib kelgan “Volvo FH” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, uning avtomashina kabinasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovida aytilmagan, qiymati 10 million so‘mlik 4 000 dona mobil aloqa sim kartalari yashirilganligi fosh qilindi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi