06:00 / 14.09.2019
4 990

Senat shoshilinch tarzda yalpi majlis chaqirdi

Senat shoshilinch tarzda yalpi majlis chaqirdi
Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi 2019 yil 14 sentyabr kuni Toshkent shahrida ochiladi.
Senat axborot xizmati majlisda qanday masalalar ko‘rilishi haqida ma’lumot bermagan. Ko‘p ehtimol bilan «Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009 yil 3 oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi hujjat ma’qullanadi.

Chunki, kecha xabar berganimizdek, O‘zbekiston turkiy kengashga qo‘shilishga ariza berib bo‘lgan. A’zolik jarayoni allaqachon boshlangan. Bunga esa qonuniy asos kerak.
Senatning 21-yalpi majlisi yaqindagina, 23-24 avgust kunlari bo‘lib o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Senat shoshilinch tarzda yalpi majlis chaqirdi