Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashining qo‘shma majlisida «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishni tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror bir ovozdan ma’qullandi.
Ushbu qaror bilan nizom loyihasi ham tasdiqlanib, u 2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra, oilaviy tadbirlar faqat bir kun - ertalabki soat 06:00 dan kechki soat 23:00 gacha o‘tkazilishi kerak. Dafn etish marosimi bundan mustasno.
Hududlarning sharoitidan kelib chiqib, osh berish marosimi vaqti Xalq deputatlari shahar va tuman kengashlari tomonidan belgilanadi.
Soat 23:00 dan keyin oilaviy tadbirlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan o‘tkaziladigan osh berish marosimlarida 150 nafargacha odam ishtirok etishi mumkin.
Qo‘shaloq to‘y-hashamlarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi ishtirok etishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi