21:36 / 15.09.2019
3 389

O‘zbekistonda xizmat safarlari xarajatlarini qoplash tartibi o‘zgardi

O‘zbekistonda xizmat safarlari xarajatlarini qoplash tartibi o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.

Endilikda yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmagan xizmat safarida bo‘lgan byudjet tashkiloti xodimlariga har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 0,08 foiz miqdorida yo‘l xarajati to‘lanadi (ilgari bu masalani belgilangan talablar asosida korxona rahbarining o‘zi hal qilgan).

Boshqa tashkilot xodimlariga jamoa shartnomasi yoki mehnat shartnomasida belgilangan miqdorlarda biroq, har bir kilometrga BHMning 0,08 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda yo‘l haqi to‘lanadi.

Shuningdek, mehmonxonalarning lyuks-nomerlarida yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda, ushbu nomer qiymatining 70 foizigacha miqdori byudjet mablag‘lari hisobidan, qolgan qismi esa tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi (ilgari faqat 70 foiz miqdorida qoplab berilgan).

Xizmat safarida ijarada turganlik bo‘yicha hujjatlar mavjud bo‘lmagan hollarda, har bir sutka uchun BHMning 20 foizi miqdorida (44 600 so‘m) xarajatlar qoplanadi (ilgari eng kam oylik ish haqining 2 foizi (4 460so‘m) miqdorida qoplangan).

Xodim xizmat safaridan qaytgan kundan e’tiboran 3 ish kun mobaynida avans (bo‘nak) hisobotini taqdim qilishi shart (ilgari 3 kun bo‘lgan).
Ma’lumot uchun, hozirda bazaviy hisoblash miqdori 223 000 so‘mni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda xizmat safarlari xarajatlarini qoplash tartibi o‘zgardi