2 697
«Tramadol»ni Qozog‘istondan O‘zbekistonga dron orqali o‘tkazishga urinish holati qayd etildi
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati
Toshkent tumani Oqtosh aholi punktida «Tramadol» psixotrop dori vositasining 600 dona plastinkasi chegaradan o‘tkazilishining oldi olindi. Har plastinkada 10 tadan tabletka bo‘lgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlaridan «Daryo»ga ma’lum qilishlaricha, ushbu psixotrop moddalar «Fantom-4» rusumli dron yordamida O‘zbekistonga o‘tkazilgan.
«Hozirgi vaqtda psixotrop vositalarning ushlanishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi DXX tomonidan taqdim etilgan axborotda.
Dori vositalari va dron kimga tegishli ekani, gumonlanuvchilar qo‘lga olingan-olinmagani haqida qo‘shimcha axborot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?