12:36 / 16.09.2019
2 708

Suvni “suvchi” talon-taroj qildi

Suvni “suvchi” talon-taroj qildi
Aytish mumkinki, MIB oʻzining dastlabki davridanoq yuklatilgan vazifalarni toʻla oqladi va vazifalarni ishonch bilan bajarmoqda.
Davlatimiz rahbarining 16.11.2017-yildagi “Suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Majburiy ijro byurosi organlariga suv uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishi taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha vazifa yuklatilgan edi.

Amalga oshirayotgan ishlarimiz natijasida, MIB Andijon viloyatida oʻtgan davrda muddat ichida 35 mlrd. soʻmdan ortiqroq mablagʻlar undirildi

Shuningdek suv taʼminoti va oqova suv tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar, ichimlik suvini talon-taroj qilinishi, noqonuniy isteʼmol qilishning boshqa holatlarini aniqlash maqsadida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilda 13 ta noqonuniy xolat aniqlanib, 285,6 mln.soʻmlik dalolatnomalar tuzildi va shu vaqtni oʻzida tarmoqdan ajratilib, huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlikga oid ishlar qoʻzgʻatildi, zararlar toʻliq undirildi.

Jiddiy qonunbuzilish xolatlari yuzasidan esa jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, aybdor shaxslarga nisbatan jinoiy jazolar tayinlanib kelmoqda.
Birgina misol, Q.Dadajonov muqaddam “Suvoqava” davlat unitar korxonasi Xoʻjaobod tuman filialida masʼul lavozimda ishlab kelib, mansabdor shaxs boʻlib, mansab mavqeini suisteʼmol qilib. fuqarolardan suv isteʼmoli uchun yigʻilgan 40 mln. 780 ming soʻm mablagʻlarni oʻz manfaati yoʻlida ishlatib yuborib, talon-taroj qilgan va natijada. “Suvoqava” DUK Xoʻjaobod tuman filialiga zarar yetkazgan.

MIBning Xoʻjaobod tuman boʻlimi tomonidan unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-kismi “g” bandi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Buloqboshi tuman sudining hukmi bilan Q.Dadajonovga tegishli jazo qoʻllanildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Suvni “suvchi” talon-taroj qildi