Hindistonga noqonuniy oltin yetkazib berayotgan o‘zbeklar qo‘lga olindi

  • 16 sentyabr 2019, 19:30
  • 2 310
  • Jamiyat
  • Hindistonga noqonuniy oltin yetkazib berayotgan o‘zbeklar qo‘lga olindi
    O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi.
    “DXX xodimlari Navoiy viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri doirasida, uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi”, - deyilgan DXX xabarida.

    Ushbu guruh a’zolari noqonuniy ravishda oltin qazib olish, ulardan zargarlik buyumlari tayyorlash va ularni yashirin holda Hindistonga olib o‘tish bilan shug‘ullanib kelishgan.

    Ayni damda guruh a’zolari hibsga olingan bo‘lib, tergov ishlari oxiriga qadar ularning ism familiyalari oshkor qilinmasligi aytib o‘tilgan. Qo‘lga olish vaqtida jinoyatchilar yonidan zargarlik buyumlari, ularni tayyorlash uskunalari va naqd xorijiy valyuta topilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Hindistonga noqonuniy oltin yetkazib berayotgan o‘zbeklar qo‘lga olindi