21:08 / 16.09.2019
3 230

«Sudlar odamlarni sarson qilish uchun emas, adolat uchun xizmat qilishi kerak»

«Sudlar odamlarni sarson qilish uchun emas, adolat uchun xizmat qilishi kerak»
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hududlarda, boshlang‘ich partiya tashkilotlarida, mahallalarda Saylovoldi dasturlarini keng muhokamadan o‘tkazmoqda, deb yozadi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi, Ekspertlar guruhi a’zosi Shuhrat Polvonov.

Muhokamalar jarayonida bildirilgan takliflar partiya ekspertlari tomonidan yig‘ib olinmoqda va umumlashtirilmoqda. Sud-huquq sohasi bo‘yicha ham ko‘plab takliflar kelib tushmoqda.

Hozirgi kunda hududlarda va tuman (shahar)larda fuqarolik, jinoiy, ma’muriy, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlar faoliyat yuritmoqda. Fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha 2 ta yoki 3 ta tumanga bitta tumanlararo sud faoliyat yuritmoqda. Fuqarolar esa qay biriga murojaat qilishini bilmay hayron.

Yana amaliyotda shunday holatlar ham mavjudki, oylar davomida sudda ma’lum bir ish ko‘riladi-da va yakunda bizga emas, boshqa sudga taalluqli ekan, deb qaytarib yuboriladi. Tabiiyki, bularning barchasi fuqarolarning sarsongarchiliklariga sabab bo‘lmoqda.

Shu boisdan boshlang‘ich partiya tashkilotlaridan kelgan turli yo‘nalishlarga bo‘lingan sudlarni umumlashtirish taklifi ekspertlar tomonidan alohida qiziqish bilan o‘rganib chiqildi.

Bunda fuqarolik, jinoiy, ma’muriy, iqtisodiy ishlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarini birlashtirish orqali bitta ma’muriy hududda bitta sud idorasi tashkil etiladi.

Shuningdek, jinoiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman, shahar sudlarini birlashtirish, tumanlararo fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarni tugatib, aholi soni va ish hajmidan kelib chiqqan holda, ushbu toifa ishlar bo‘yicha tuman, shahar sudlariga sudya shtati ajratish orqali tuman (shahar)larda ham bitta sud idorasi tashkil etiladi.

Natijada, tuman, shaharlarda to‘rtta sud o‘rniga bitta sud idorasi tashkil etiladi, uchta sud raisi shtati qisqartiriladi. Sudyalar tayinlangan toifasi bo‘yicha jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlarni ko‘radi.

Bundan tashqari, fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga da’vo ariza topshirish va ishlarni ko‘rish jarayonida fuqarolarni boshqa tumanlarga qatnab yoki toifa bo‘yicha sud idoralarini qidirib sarson bo‘lib yurishiga, yo‘l, mehmonxona kabi xarajatlar uchun moddiy zarar ko‘rishiga barham beriladi.

Shu boisdan yuqoridagilarni inobatga olgan holda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ekspertlari tomonidan tayyorlanayotgan saylovoldi dasturiga sudlarni birlashtirish taklifi kiritilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Sudlar odamlarni sarson qilish uchun emas, adolat uchun xizmat qilishi kerak»