23:05 / 16.09.2019
2 639

Bog‘otda saksovuldan choy tayyorlanmoqda

Bog‘otda saksovuldan choy tayyorlanmoqda
Foto: «Xabar.uz»
Bog‘ot tumanidagi «Oltin qum» fermer xo‘jaligi saksovuldan choy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda.

Mazkur fermer xo‘jaligi 1999 yilda Qoraqum etaklarida tashkil qilingan. Shundan buyon uning faoliyati tobora kengayib borayotir. Bu yerda paxta va g‘alla yetishtirish bilan birgalikda chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik tarmoqlari ham rivojlanmoqda. Zaxkashlardan esa baliqchilikni rivojlantirish uchun unumli foydalanilmoqda.

— Xo‘jaligimizda 10 nafar ishchi mehnat qilishadi. Ular bilan birgalikda ariq va zovur bo‘ylari, yo‘llar atrofida saksovul, qoramiq, so‘zan va isiriq o‘simliklarini ko‘paytiryapmiz, — deydi fermer xo‘jaligi rahbari Shavkat Sotimov.

Ma’lumki, saksovul, qoramiq va so‘zan o‘simliklari cho‘l hududlarida o‘sishga moslashgan bo‘lib, ularning guli va mevalaridan dorishunoslik sohasida keng foydalanish imkoniyati mavjud.

— Qoramiq o‘simligi asosan Xorazm va Qoraqalpog‘istonda qumloq hududlarda o‘sadi. Uning xuddi malinanikiga o‘xshash mevasi shifobaxsh bo‘lib, xalq tabobatida anemiya, jigar va taloq kasalliklariri davolashda foylanib kelingan, — deydi bog‘otlik shifokor U.Abdullayev.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, saksovul gulidan tortib oddiy shox-shabbalaridan tayyorlangan damlama tinchlantiruvchi va qon bosimini paysaytiruvchi xususiyatga ega.

— Saksovuldan quruq choy tayyorlashni yo‘lga qo‘ymoqdamiz, — deya suhbatni davom ettiradi Sh.Sotimov. — Hozircha mamlakatimizdagi dorixonalarga shifbaxsh choy qadoqlarini yetkazib berish bilan cheklanamiz. Keyinchalik mahsulotimizni chet elga eksport qilish rejamiz ham yo‘q emas.
E.Baxt

Manba: Xabar.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bog‘otda saksovuldan choy tayyorlanmoqda