00:17 / 17.09.2019
3 093

Buxoro «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi

Buxoro «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi
Buxoro 2020 yilda «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilingan. Bu haqda bugun, 16 sentyabr kuni Qohira shahrida o‘tgan O‘zbekiston-Misr vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining 9-raundida aytilgan.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov va Misr Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Hani Salim rahbarlik qilgan.

Hozirgi vaqtda geografik jihatdan uzoqligi tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning mavjud salohiyati yetarlicha foydalanilmagan. Shu nuqtai nazardan, Hukumatlararo qo‘shma komissiya va O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlislarini o‘tkazish dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi aloqalarni rivojlantirishning muhim mexanizmi ekani aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoro «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi