07:03 / 17.09.2019
2 906

Ekspert fikri: "O‘zbekistonga qanday chorvachilik modeli kerak?"

Ekspert fikri: "O‘zbekistonga qanday chorvachilik modeli kerak?"
Rossiya Mol go‘shti ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi bosh direktori Roman Kostyuk Sputnik muxbiriga dunyoning rivojlangan davlatlarida mol go‘shti ishlab chiqarish sohasi qanday tuzilgani haqida hikoya qilib berdi.

Butun dunyoda go‘sht ishlab chiqarish bu – har birda 50tadan ko‘p bo‘lmagan qoramolga ega bo‘lgan kichik fermer xo‘jaliklari hamda yirik bir necha o‘nlikdan iborat semirtirish bazalari hamda bir-ikkita yirik professional so‘yish korxonalaridan orasidagi hamkorlik asosida tashkil qilingan.

Shuning uchun ham, chorvachilik rivojlangan AQSh go‘sht ishlab chiqarish sanoati - har birida 50 bosh qoramoldan ortiq bo‘lmagan 600 ming kichik oilaviy fermalardan iborat. Qozog‘iston ham ana shunday strategiyani milliy strategiya sifatida tanlagan. Ular bir necha yil ichida 100 mingga yaqin oilaviy fermalar tashkil qilishmoqchi. Ular bir necha semirtirish bazasiga biriktirilgan bo‘lib mollar ma’lum yoshga to‘lganda semirtirib so‘yish uchun bazaga topshiriladi. Qozog‘istonda ushbu dastur 2018 yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda.

Rossiya ham ushbu yo‘ldan borib, kichik hududiy va oilaviy fermalar tashkil qilmoqda va ularga bir necha yirik integratsion maydonlar atrofida rivojlanishi, yirik biznes bilan hamkorlik qilishi uchun sharoitlar yaratilmoqda.

Shuning uchun ham bir necha kichik bizneslarni yirik biznes bilan birlashtirib, ularning birgalikda rivojlanishiga do‘stona qaraladigan yagona soha – bu go‘sht yetishtirish maqsadida amalga oshirilayotgan chorvachilikdir. Bu yerda yirik semirtirish bazalari kichik xo‘jaliklardan yosh mollarni sotib olib ularni semirtiradi va shu bilan kichik xo‘jaliklar rivojlantirishi uchun ham sharoit yaratadi.

Shuning uchun ham bugun O‘zbekistonga professional semirtirish va so‘yish bazalari kerak. O‘shanda kichik fermer xo‘jaliklari mo‘’tadil daromad bilan ta’minlangan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishi masalasi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. O‘shanda biz go‘sht narxi oshishiga sabab bo‘layotgan bir necha omillarni keltirgan edik.

Ular orasida ozuqa bazalari, mutaxassislar yetishmasligi va eng katta muammo – zamonaviy professional chorvachilik majmualari yo‘qligi deyilgan edi.
Shuningdek, bugungi kunda O‘zbekistonda ommaviy tartibda yetishtirilayotgan chorva mollarida suyakka nisbatan go‘sht miqdori kamligi ham ta’kidlab o‘tilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ekspert fikri: "O‘zbekistonga qanday chorvachilik modeli kerak?"