08:38 / 17.09.2019
3 415

Senat raisi: O‘zbekistonda rus tilini ommalashtirish ishlari keng targ‘ib etiladi

Senat raisi: O‘zbekistonda rus tilini ommalashtirish ishlari keng targ‘ib etiladi
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Davlat dumasi spikeri bilan uchrashuvda bugungi kunda respublikada rus tili va rus adabiyotini ommalashtirish ishlariga keng e’tibor berilayotgani haqida gapirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

Eslatib o‘tamiz, bugun Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu RF Davlat dumasi raisining 2006 yildan buyon amalga oshirgan ilk tashrifidir.

Senat raimi Tanzila Narbayeva uchrashuv davomida ushbu tashrif parlamentlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashga asos bo‘lishini aytib, O‘zbekiston va RF parlamentlararo ittifoq, OBSE parlament assambleyasi doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlashi lozimligi, parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda O‘zbekiston parlamenti Rossiya tomonning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishini ta’kidladi.

U shuningdek, muhokamalar davomida, Vyacheslav Volodinga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy-gumanitar sohalardagi ishlar, xususan rus tili va rus madaniyatini ommalashtirishga keng e’tibor qaratilayotgani haqida so‘zladi.

"Xabaringiz bo‘lsa kerak, joriy yilda rus madaniy markazining 25 yilligini katta tantana bilan nishonladik. Bundan keyin ham mamlakatimizning 14ta regionida rus tili, rus adabiyoti, va albatta, rus madaniyatini targ‘ib etish ishlarini davom ettiramiz. Sababi, sobiq ittifoq hududida rus tili - eng asosiy tillardan biri, muloqot, tushunish tilidir", - dedi Narbayeva hamda O‘zbekiston prezidenti ham bu yo‘nalishga e’tibor berish lozimligi haqida ko‘p ta’kidlashini qo‘shimcha qildi.

O‘zbekiston - MDH davlatlari maydonida Rossiyaning eng asosiy iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Ikkiyoqlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasi 300ga yaqin davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlarni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Senat raisi: O‘zbekistonda rus tilini ommalashtirish ishlari keng targ‘ib etiladi