Surxondaryoda traktor butunlay yonib ketdi, kuygan haydovchi shifoxonaga yotqizildi

  • 17 sentyabr 2019, 09:04
  • 831
  • Jamiyat
  • Surxondaryoda traktor butunlay yonib ketdi, kuygan haydovchi shifoxonaga yotqizildi
    Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
    Surxondaryoning Qiziriq tumanida 15 sentyabr, yakshanba kuni soat 14:00 atrofida «Yangiobod» mahallasi bo‘ylab Angordan Qiziriqqa tomon ketayotgan traktor yonib ketgan.

    Voqea joyiga o‘t o‘chirish bo‘linmasi yetib kelgan vaqtda traktor to‘liq yonayotgan bo‘lgan. Yong‘in o‘chirilgan, traktor haydovchisi — 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro U.E. esa kuyish tan jarohati olgan.

    «Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi FVV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi axborotida.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Surxondaryoda traktor butunlay yonib ketdi, kuygan haydovchi shifoxonaga yotqizildi