O‘zbekiston armiyasida yangi harbiy unvonlar joriy etildi

  • 17 sentyabr 2019, 11:04
  • 2 016
  • Jamiyat
  • O‘zbekiston armiyasida yangi harbiy unvonlar joriy etildi
    Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
    O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

    Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, endilikda yosh harbiy xizmatchilarga yuqori darajali kasbiy sifatlarga ega bo‘lgan, tayyorgarligi eng yaxshi harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylari orasidan murabbiylar biriktiriladi.

    Shu bilan birga, quyidagi harbiy unvonlar joriy etildi:

    «III darajali serjant» - 3 yil;
    «II darajali serjant» - 4 yil;
    «I darajali serjant» - 5 yil.

    Shuningdek, o‘qish davomiyligi 5 yil bo‘lgan oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari uchun «leytenant» harbiy unvonini olish uchun xizmat muddati 1 yil etib belgilandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston armiyasida yangi harbiy unvonlar joriy etildi