00:13 / 18.09.2019
3 434

Xiva turk dunyosining madaniy poytaxti bo‘lishi kutilmoqda

Xiva turk dunyosining madaniy poytaxti bo‘lishi kutilmoqda
Xiva shahri 2020 yilda turk dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilinishi kutilmoqda.
Shahar ushbu nomga da’vogarlar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Jahongir Xidayxodjayev ma’lum qildi.

Turk dunyosi madaniy poytaxti sifatida har yili turkiyzabon davlatlar shaharlaridan biri tanlab olinadi. 2018 yilda Turkiyaning Kastamonu shahri, 2019 yilda esa Qirg‘izistonning O‘sh shahri turk dunyosi madaniy poytaxti deb e’lon qilingan edi.

Bu maqom Turksoy xalqaro madaniyat tashkiloti tomonidan beriladi. U Ozarboyjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Turkmaniston ishtirokida 1993 yil 12 iyulda tashkil topgan. Uning bosh qarorgohi Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan. Hozirgi vaqtda tashkilotga 13 mamlakat a’zo.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xiva turk dunyosining madaniy poytaxti bo‘lishi kutilmoqda