Samarqandda uzunligi 5570 metr bo‘lgan osma yo‘l quriladi (foto)

  • 18 sentyabr 2019, 11:24
  • 1 169
  • Jamiyat
  • Samarqandda uzunligi 5570 metr bo‘lgan osma yo‘l quriladi (foto)
    Foto: Zarnews
    Samarqandda transport vaziri Ochilboy Ramatovga qurilishi rejalashtirilayotgan osma yo‘l loyihasi taqdim etildi. Bu haqda Spot xabar berdi.
    Fotosuratda taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, osma yo‘l uzunligi 5,5 kilometrdan ziyodroqni tashkil etib, u biri Samarqand markazida joylashgan uchta stansiyani o‘z ichiga oladi.

    Osma yo‘lda ikki stansiya qurilishi rejalashtirilgan, ular orasidagi 90 ta kabina soatiga 22 kilometr tezlikda harakatlanadi. Yo‘lovchi tashish har ikki yo‘nalishda ham soatiga 4 ming kishini tashkil etadi. Sayohat narxi taxminan 3000 so‘m bo‘lishi aytilmoqda.

    Foto: Zarnews
    Osma yo‘l butun shahar bo‘ylab o‘tadi va yo‘lovchilar havodan turib qadimiy Afrosiyob shaharchasi hamda asosiy tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi.
    Loyiha osma yo‘llar qurilishi sohasida dunyodagi eng yetakchi hisoblangan Italiyaning Leitner Ropeways kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Samarqandda uzunligi 5570 metr bo‘lgan osma yo‘l quriladi (foto)