19:33 / 18.09.2019
5 285

Samarqandda oltin qazib olayotgan ikki kishini tosh bosib qoldi

Samarqandda oltin qazib olayotgan ikki kishini tosh bosib qoldi
2019 yil 17 sentyabr kuni soat taxminan 18:30larda uch nafar fuqaro Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan, davlat zaxirasida bo‘lgan “Qoraqo‘ton” tog‘ hududidagi shaxtada oltin moddasini o‘zboshimchalik bilan qazish ishlarini olib borgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu vaqtda ularni tog‘ toshi bosib qolgan. Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, bir nafar fuqaro esa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda oltin qazib olayotgan ikki kishini tosh bosib qoldi