20:16 / 18.09.2019
3 434

Samarqandda 320 gektar maydonda turistik markaz qurilishi boshlandi

Samarqandda 320 gektar maydonda turistik markaz qurilishi boshlandi
Foto: zarnews.uz
Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali atrofida turistik markaz qurilishi boshlandi.

Loyihaga ko‘ra, turistik markaz ikki hududdan iborat bo‘lib, eshkak eshish kanalining shimoliy hududida zamonaviy anjumanlar saroyi, ikkita besh yulduzli, ikkita to‘rt yulduzli mehmonxona va boshqa inshootlar quriladi. Mazkur hudud — markazning biznes hududi hisoblanadi.

Markazning janubiy hududi esa ichki turizm uchun mo‘ljallangan. Bu yerda bir vaqtda uch ming kishi dam olishi mumkin. Hududda oltita mehmonxona, akvapark, sport inshootlari, restoran va kafelar, milliy mahsulotlar bilan savdo qiluvchi nuqtalar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy 26 iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrifi paytida turistik markaz loyihasi bilan tanishib, bu yerda xorijiy va mahalliy sayyohlar, viloyat aholisi uchun qulay shart-sharoitlarga ega dam olish maskani yaratish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Bugun, 19 sentyabr kuni qurilish ishlarining boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari O.Ramatov, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov, bir qator vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, qurilishga mutasaddi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Foto: zarnews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 320 gektar maydonda turistik markaz qurilishi boshlandi