13:30 / 19.09.2019
2 977

6 nafar farzandni qarovsiz qoldirgan ota qamaldi

6 nafar farzandni qarovsiz qoldirgan ota qamaldi
Qadimdan xalqimiz otani eʼzozlash, unga hurmat koʻrsatish hattoki u oʻtirgan tom ustiga chiqmaslikni taʼkidlab kelishadi.
Darhaqiqat, oila deb atalmish muqaddas rishtani saqlab qolishda oʻrni oʻzgacha.
Ha, otaning oʻz farzandi taʼminotidan boʻyin tovlab, qamoqda oʻtirishi uyatli holatdir huddi Nazarov kabi.

Olti nafar farzand otasi N.Nazarov oʻz otalik burchini va qonun oldidagi majburiyatini bajarmaganligi uchun 15 sutkaga qamaldi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Gʻuzor tumanlararo sudining 01.12.2014-yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor N.Nazarovdan undiruvchi O.Shoyimova foydasiga 6 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun qarzdor oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi.

Biroq, ota bir necha bor maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi borasida ogohlantirilgan boʻlsada, moddiy yordamga muhtoj boʻlgan 6 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan.

Natijada, 01.12.2014-yildan hozirga qadar 28.364.653 soʻm alimentdan qarzdorlik shakllanib, oʻzining ushbu harakatlari bilan qarzdor N.Nazarov Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 47-4-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan.
Ushbu huquqbuzarlik uchun N.Nazarovga nisbatan Dehqonobod tuman maʼmuriy sudi tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 6 nafar farzandni qarovsiz qoldirgan ota qamaldi