13:53 / 19.09.2019
3 289

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi g‘oliblar qatorida

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi g‘oliblar qatorida
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar tanlovi – “Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-tanlovi joriy yilda “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida tashkil etilgan edi.

Mazkur tanlovning yakuniy bosqichi 2019 yil 10 avgust kuni “Turkiston” san’at saroyida o‘tkazilgan bo‘lib, uning g‘oliblari kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan e’lon qilindi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Alohida namunali ko‘rgazmali harbiy orkestri musiqachisi Shoxbos Xabiyev o‘zining “Zamonaviy armiya” (A.Obidjon so‘zi, Sh.Dadajonov musiqasi) qo‘shig‘ini ijro etib, faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisini yuksak yutuq bilan muborakbod etamiz!
Nafosat Zafarova,
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Matbuot xizmati yetakchi mutaxassisi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi g‘oliblar qatorida