17:14 / 19.09.2019
2 946

Buxoroda madaniyatli soliq to‘lovchilar o‘z burchini qonun turtkisisiz bajarmaydigan fuqarolarga o‘rnak bo‘lmoqdalar

Buxoroda madaniyatli soliq to‘lovchilar o‘z burchini qonun turtkisisiz bajarmaydigan fuqarolarga o‘rnak bo‘lmoqdalar
Mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash muddati yaqinlashmoqda. Buxoroda bu borada jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashga ko‘maklashish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyat davlat soliq xizmati organlari, tijorat banklari, tuman va shahar pochta aloqa xizmati, mahalla fuqarolar yig‘ini hamda jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruhi joylarda uyma-uy yurib, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 272- va 287-moddalariga asosan egaligida soliq solinadigan mol-mulki va yer uchastkalari bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari to‘lovchilari hisoblanishi keng tushuntirilmoqda. Qolaversa, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hamda ulardan olinadigan yer solig‘ini hisoblab berib, fuqarolarga ushbu to‘lovlarni sayyor kassalar orqali to‘lash imkoniyatini yaratmoqdalar.

Buxoro shahridagi 34-sonli “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida 1450 ga yaqin xonadon bor. Taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 1123 tasi mol-mulk va yer soliqlarini to‘lovchilar hisoblanadi.
Kuni-kecha ishchi guruhi ushbu mahallada bo‘lib, fuqarolarga jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk va yer solig‘ini hisoblash, undirish va ushbu soliq turlari bo‘yicha beriladigan imtiyozlar hamda joriy yildan boshlab bu borada soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar keng tushuntirildi.

E’tiborlisi, olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida mazkur mahallaning madaniyatli soliq to‘lovchilari mol-mulk va yer soliqlarining oxirgi muddati - 15 oktyabrni kutmay, hisoblangan soliq to‘lovlarini shu kunning o‘zida “Turon bank” va “Pochta xizmati”ning shahar bo‘limlari tomonidan tashkil etilgan sayyor kassalar orqali to‘lab qo‘ydilar.

Ta’kidlash lozimki, mol-mulk va yer soliqlarini undirishning bunday tizimi aholining vatq yo‘qotib davlat soliq inspeksiyalari yoki bank kassalariga borish va u yerda navbat kutish kabi ortiqcha urinishlarining oldini olishga xizmat qilmoqda.

Hududdagi 53-sonli “Maxmud Tarobiy” mahalla fuqarolar yig‘inida ham ishchi guruhining chaqirig‘ini eshitgan aholi mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashda faollik ko‘rsatdilar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. E’tiborlisi, bu ishda yoshi ulug‘ otaxonu-onaxonlar yoshlarga ibrat bo‘lib, ularni o‘z burchlarini bajarib qo‘yishga da’vat qildilar.

Ishchi guruhining Buxoro shahridagi 3000 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan “Mutal Burxonov” mahalla fuqarolar yig‘inidagi targ‘ibot ishi ham samarali bo‘ldi.

Tadbir davomida ishtirokchilar aholiga uy-joylari, kvartiralari, dala hovlilari, garajlari va boshqa imoratlari, shuningdek mulk huquqi, egalik qilish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini soliqlarni to‘lashlari kerakligi tushuntirildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, bugun Buxoro viloyatida 120 ming nafarga yaqin soliq to‘lovchi jismoniy shaxs bor. Joriy yilda Soliq kodeksining 272- va 287-moddalariga asosan egaligida soliq solinadigan mol-mulki va yer uchastkalari bo‘lgan mazkur jismoniy shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklaridan qariib 108 milliard so‘mlik mol-mulk va yer soliqlari undirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ammo, kezi kelganda aytib o‘tish joizki, madaniyatli soliq to‘lovchilar qatorida o‘z burchini qonun turkisisiz bajarmaydigan fuqarolar ham yo‘q emas. Afsuski, o‘tgan yili viloyatda soliq majburiyatini o‘z muddatida bajarmagani uchun 8200 nafarga yaqin ana shunday soliq to‘lovchilarning qariib 2 yarim milliard so‘mlik soliq qarzi sud orqali undirilishiga to‘g‘ri kelgan.

Ishchi guruhi joylarda aholi bilan uchrashuvlarda o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq to‘lovlariga Soliq kodeksining 120-moddasiga asosan 2019 yil 1 yanvardan boshlab soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarini buzganlik uchun undiriladigan penya miqdori 0,033 foizdan 0,045 foizga oshirilganini ham alohida tushuntirib o‘tmoqda.

Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi tadbir davomida Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosining shahar bo‘limi bilan hamkorlikda soliq qarzini bir necha yillardan buyon to‘lashni paysalga solib kelayotgan jismoniy shaxslarning soliq qarzdorliklarini tugatishga ham e’tibor qaratmoqdalar.

Ta’kidlash joiz, har bir hududdan undirilgan soliqlar faqat o‘sha hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga, aholining ijtimoiy himoyasiga sarflanadi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda barcha soliq munosabatlarini elek¬tron usulda, ijtimoiy tarmoqlardagi mobil ilovalar orqali ham amalga oshirish imkoni mavjud.
B.Fayziyev,
Buxoro viloyati DSB
Jamoatchilik bilan aloqalar va
huquqiy axborot sho‘’basi boshlig‘i.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda madaniyatli soliq to‘lovchilar o‘z burchini qonun turtkisisiz bajarmaydigan fuqarolarga o‘rnak bo‘lmoqdalar