19:30 / 19.09.2019
4 014

Oshxonadagi qing‘irlik

Oshxonadagi qing‘irlik
Majburiy ijro byurosi Oqdaryo tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, umumiy ovqatlanish korxonasi rahbari O‘.Azizov «Dahbed» mahallasida oshxona va nonvoyxona tashkil qilgan va tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari ko‘z bilan aniqlab bo‘lmaydigan darajada yer ostidan diametri 25 mm bo‘lgan polietelen quvur orqali ulanib olganligi aniqlandi.

Ushbu noqonuniy ulanma orqali 2 dona non tandiri, 2 dona «PG-4» rusumli gaz plitasi, 1 dona somsa tandiri, 1 dona mangal, 1 dona isitish pechi hamda 2 dona “Konvektor” pechlaridan foydalanib kelgan.
Aniqlangan holat bo‘yicha tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, tabiiy gaz tarmog‘idan uzib qo‘yildi.

Ta’minotchi korxona bergan xulosasiga ko‘ra, ushbu umumiy ovqatlanish korxonasi rahbari O‘.Azizov tomonidan davlat manfaatlariga 24 mln. 270 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilgan.
Hozirgi kunda O‘.Azizovning noqonuniy harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oshxonadagi qing‘irlik