22:05 / 19.09.2019
5 873

Lola Karimova-Tillayeva: «Opam uchun faqat duo qila olaman»

Lola Karimova-Tillayeva: «Opam uchun faqat duo qila olaman»
Foto: «Xabardor.uz»
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva Instagram’dagi sahifasida opasi — Gulnora Karimovaning taqdiriga oid savolga javob berdi.

Lola Karimovaning posti ostida qoldirilgan kommentlarning birida quyidagicha savol berilgan: «G‘alati savolim uchun kechirasiz. Opangizga achinmaysizmi?».

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda sharhlarga javob qaytarishni odat qilgan Lola Karimova-Tillayeva opasining taqdiriga hamdard ekani haqida yozgan: «Men uning taqdiriga hamdardman. Uning ozod qilinishi masalasiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olmayman. Shubhasiz, bu mening xohishimga emas, balki sud tizimiga bog‘liq... Men opam uchun faqat duo qila olaman».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lola Karimova-Tillayeva: «Opam uchun faqat duo qila olaman»