Foto: O‘zA
Mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, maktabgacha ta’lim mobil guruhlari tajriba tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ayrim tumanlarida, qayta jihozlangan ISUZU HC 40 avtobuslarida tashkil etiladi.
Mobil guruhning asosiy vazifalaridan biri maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning har tomonlama yetuk, intellektual kamol topishiga sharoit yaratishdan iborat.
Mobil guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan, maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydigan bolalar qabul qilinadi.
Qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
ariza;
ota-ona pasporti nusxasi;
bolaning tug‘ilganlik guvohnomasi nusxasi;
bolaning 2 dona fotosurati;
bolaning salomatligi to‘g‘risida tibbiy xulosa.
Mobil guruhlarda xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.
Bunda, ovqatlantirish majburiy emas, ta’lim bir kunda 3-4 soatni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi