13:33 / 20.09.2019
3 184

Soliq organlari xodimlari talabalik davridan tanlab olinadi

Soliq organlari xodimlari talabalik davridan tanlab olinadi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent moliya institutilari o‘rtasida soliq tizimiga kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda bo‘lajak soliqchilar bilan turli uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etildi.

Davra suhbatida Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi Kadrlar bilan ishlash bo‘limi va Malaka oshirish markazi xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda talabalarga “Bo‘lajak soliqchilar klubi” faoliyatini tashkil etish, talabalarni a’zolikka qabul qilish tartibi hamda klub a’zolarining vazifalari, amalga oshiradigan ishlari, huquq va majburiyatlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

- Bu kabi uchrashuvlar soliq tizimiga yuqori malakali kadrlar tayyolash sohasida OTMlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamalash hamda iqtidorli talabalar zaxirasini shakillantirishga xizmat qiladi -deydi, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi Kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Muzaffar Pardayev

Tadbir so‘ngida klub ishchi organi vakillari davlat soliq xizmati organlarining mas’ul xodimlarini jalb qilgan holda klubga a’zo bo‘lish istagini bildirgan va universitet rahbariyati tomonidan tavsiya etilgan talabalar bilan suhbat o‘tkazishi va suhbat davomida talabalarning soliq sohasidagi bilim darajasi, dunyoqarashi baholanishi, oliy ta’lim muassasasi tomonidan berilgan tavsifnoma asosida talabalar o‘rganilib, keyinchalik davlat soliq xizmati organlariga ishga qabul qilish masalasi ko‘rib chiqilishiga kelishib olindi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq organlari xodimlari talabalik davridan tanlab olinadi