14:21 / 20.09.2019
3 571

Toshkentda konsert tufayli ayrim ko‘chalar barcha turdagi transport vositalari uchun yopiladi

Toshkentda konsert tufayli ayrim ko‘chalar barcha turdagi transport vositalari uchun yopiladi
20-21 sentyabr kunlari 19:30da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat katta teatrining oldidagi maydonida “OPEN AIR-2019” simfonik musiqa konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda jahon va o‘zbek milliy musiqa san’atining durdona asarlari ijro etiladi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, mazkur konsert dasturini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida joriy yilning 20-21 sentyabr kunlari soat 17.00 dan 23.00 gacha:

Matbuotchilar ko‘chasining Zarafshon ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Buyuk Turon ko‘chasining Matbuotchilar ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Islom Karimov ko‘chasining Zarafshon ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Zarafshon ko‘chasining Matbuotchilar ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Buxoro ko‘chasining Zarafshon ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi barcha turdagi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.

“Keltirilgan noqulaylik uchun uzur so‘raymiz!” - deyiladi hokimlik xabarida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda konsert tufayli ayrim ko‘chalar barcha turdagi transport vositalari uchun yopiladi