17:17 / 20.09.2019
4 353

Ohak ishlab chiqarish sexi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlandi

Ohak ishlab chiqarish sexi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlandi
Sharof Rashidov tumanida faoliyat olib boruvchi ohak ishlab chiqarish sexi energiya resurslaridan noqonuniy foydalanib kelgan.
Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan mas’uliyati cheklangan jamiyatida tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda ushbu noqonuniy holat aniqlandi.

Ya’ni, bunda huquqbuzar korxonaga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblash uskunasining filtr qismiga 80 sm. po‘lat sim o‘tkazib, hisobga olish priborlarini ko‘rsatgichini sun’iy to‘xtatib qo‘yishni maqsad qilgan.

Holat yuzasidan, Jizzax viloyat bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filialining hisob-kitob xulosasiga ko‘ra, ta’minotchi korxona manfaatiga 49 million 818 ming so‘m miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.
Noqonuniy hatti-harakat bo‘yicha korxona rahbari bugungi kunda pushaymon ekanligini bildirib, yetkazilgan zararni to‘liq qopladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohak ishlab chiqarish sexi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlandi