17:43 / 20.09.2019
2 779

Aliment to‘lamagan otaga jinoyat ishi ochildi

Aliment to‘lamagan otaga jinoyat ishi ochildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 29.03.2016 yildagi qarori bilan E.Axrorovdan undiruvchi M.Yuldashevaxon foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirilishi belgilangan edi.

Biroq, qarzdor ota o‘zining voyaga yetmagan farzandlarining oldidagi otalik burchini vijdonan bajarish o‘rniga, Majburiy ijro byurosi Buvayda tuman bo‘limi davlat ijrochisining aliment to‘lash haqidagi talablariga rad javobi berib kelgan.

Xususan, qarzdor ota 2016 yil mart oyidan 2019 yil iyul oyiga qadar 40 oy davomida jami 20 mln. 636 ming so‘mlik aliment pulini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

Hattoki, qarzdor E.Axrorovga nisbatan Buvayda tuman ma’muriy sudi tomonidan 29.01.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-4-moddasi 1-qismiga asosan tayinlangan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi ham ta’sir qilmagan ko‘rinadi. Jazoni o‘tab chiqqandan keyin ham u o‘z farzandlari uchun aliment to‘lamasligini ma’lum qiladi.

Shunga ko‘ra, Majburiy ijro byurosining Buvayda tuman bo‘limi tomonidan 05.09.2019 yilda qarzdor E.Axrorovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment to‘lamagan otaga jinoyat ishi ochildi