To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining birinchi majlisida senator Enaxon Siddiqova ayrim hududlarda to‘y-hashamlar uchun taklifnoma ham tarqatilmasligini aytib, bu borada hududlarning o‘ziga xosligiga alohida e’tibor berish zarurligini ta’kidladi.
«Masalan, Farg‘onaning ayrim joylarida odamlar to‘y haqida velosipedda ko‘chama-ko‘cha xabar qilib chiqishadi. Mehmonlar ham o‘z navbatida to‘yga mehmon bo‘lish yoki tomosha qilish maqsadida kelishadi. Tabiiyki, bu bitta to‘yda belgilangan me’yordagidan ko‘p odam yig‘ilishini anglatadi», deydi Enaxon Siddiqova.
Bundan tashqari, senator hozirgi to‘ylarda qiz tarafga juda katta og‘irlik tushayotganini ta’kidlab, bu borada asosiy masala ayollarga bog‘liq bo‘lib qolayotganiga urg‘u berdi.
«Shuning uchun komissiya Xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda hududlarda tushuntirish ishlarini olib borib, to‘y qiluvchi tomonlarga o‘z majburiyatlarini to‘g‘ri tushuntirishi zarur», deb fikr bildirdi u.
Ma’lumot uchun, «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorga asosan, oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan o‘tkaziladigan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi, qo‘shaloq to‘y-hashamlarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?