Urgutda shifoxona yopildi, chaqaloq yo‘lda tug‘ildi (video)

  • 21 sentyabr 2019, 06:00
  • 1 101
  • Jamiyat
  • Urgutda shifoxona yopildi, chaqaloq yo‘lda tug‘ildi (video)
    Foto: Google Images
    «Xabar.uz» Urgutda yuzlab homilador ayollar yashaydigan hudud shifoxonasiz qolgani haqida maqola e’lon qildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.
    «Bu chaqaloqning ismi Jo‘rabek. U 2019 yilning 3 iyunida Urgut tumanidagi Beshbuloq qishlog‘ida tug‘ilgan», — deb boshlanadi maqola.

    Jo‘rabek O‘zbekistondagi minglab tengdoshlaridan farqli o‘laroq yo‘lda, ko‘chada tug‘ildi. Chunki u yashayotgan hududdagi shifoxona besh yil muqaddam yopilib ketdi.
    Jo‘rabek Urgutning ovloq ko‘chalarida, tungi soat 02:00 da tug‘ilgan.

    Sifatli tibbiyot va doya nazoratisiz tug‘ilgan bolalarda nobud bo‘lish yoki kasalmand bo‘lib qolish holati ko‘p uchraydi. Ayni vaqtda shifoxonasiz qolgan hududda yuzlab homilador ayollar bor.

    Samarqand viloyati Urgut tumanidagi «Ibn Sino» nomli 3-sonli shifoxona 60 ming aholiga xizmat ko‘rsatar edi. Muassasadagi tug‘ruqxona 20 o‘rin, bolalar bo‘limi esa 30 o‘ringa ega bo‘lgan.

    Ginekologiya va terapiya bo‘limlarida 40 dan ortiq bemor bir vaqtning o‘zida davolanishi mumkin bo‘lardi. Reanimatsiya bo‘limi esa og‘ir holatdagi bemorlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatish darajasida jihozlangandi.

    Shifoxonaga Jo‘robtepa, Qiyonli, Eshonrabot, Beshkapa, Bekrabot, Zambarak, Jozmon, Mirzaqishloq, Vag‘ashti, Sariqtepa, Kamongaron, Nisavot va Ipakli qishloqlari aholisi murojaat qilardi. Endi ular 20 kilometr masofaga qatnashga majbur.

    Urgut tuman markazidagi shifoxonaga yetib borgunga qadar bemorlar mana shu yo‘ldan yurishga majbur. 20 kilometr masofadagi yo‘l sog‘ odamni ham kasal qiladigan darajada o‘ydim-chuqurlardan iborat.

    Bemorlarni gapirmasa ham bo‘ladi.

    Jo‘rabek endi 3 oylik bo‘ldi. U ulg‘ayib, O‘zbekistonga, eliga, yurtiga xizmat qiladigan, barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi uchun sifatli tibbiyot kerak.
    Ammo ahvol shu taxlit qolaversa, Jo‘rabek ham, u kabi minglab boshqa bolalar ham turli muammolar girdobida ulg‘ayishga majbur.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Urgutda shifoxona yopildi, chaqaloq yo‘lda tug‘ildi (video)