08:13 / 21.09.2019
3 352

Endi arxivdan ma’lumotnoma olish ancha osonlashadi

Endi arxivdan ma’lumotnoma olish ancha osonlashadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun imzolagan «O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga asosan, keyingi yildan arxivdan ma’lumotnoma olish ancha osonlashadi.

Chunki 2020 yil 1 iyungacha quyidagi xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatishni joriy qilinadi:

- o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;
- ish stajini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;
- ish haqini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;
- arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar bo‘yicha annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish;
- arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish).
Bunday ma’lumotnomalar asosan pensiyaga chiqayotgan paytda juda kerak bo‘ladi. Pensiya arafasidagi fuqarolar arxivma-arxiv tentirab yurishi ham kuzatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi arxivdan ma’lumotnoma olish ancha osonlashadi