14:47 / 22.09.2019
6 310

Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video)

Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video)
O‘z xizmat mashinasi yonida berilib raqsga tushayotgan post patrul xizmati xodimining videosi Facebookda 2,5 mingdan ziyod layk oldi.

Feysbukdagi “Voditeli Tashkentda” guruhida paydo bo‘lgan ushbu video aksariyat foydalanuvchilarning olqishini oldi. Guruh a’zolari: “Molodets”, “Krasavchik”, “Gap yo‘q”, “Ilhom jo‘sh urganda”, “General bo‘pket”, “Shu bolani ishdan haydamanglar iltimos” kabi izohlar qoldirishgan.

Muhayo Mansur ismli foydalanuvchi yozishiga ko‘ra, ushbu xodimning oilasida 3 ta qizdan keyin o‘g‘il farzand dunyoga kelgan, xursandchilikning boisi shunda bo‘lsa kerak.

Elyor Matkurbonov nomli foydalanuvchi - “Ichida kiri yuk odam shunaka buladi” deb yozgan.
Ko‘pchillik jamiyatda ana shunday ijobiy holatlar ko‘payaversin deb izoh qoldirgan. Ichki ishlar xodimlari orasida shunday pozitiv xodimlar soni ko‘payaversin!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video)