Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda issiqlik va shamol elektr stansiyalari quradi

  • 22 sentyabr 2019, 20:45
  • 535
  • Jamiyat
  • Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda issiqlik va shamol elektr stansiyalari quradi
    Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo energetika investitsion forumi doirasida bir qator bitimlar imzolandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati.

    Xususan, O‘zbekistonda davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida quvvati 1250 megavattga teng issiqlik elektr stansiyalari va quvvati 1000 megavattga teng shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha asosiy shartlar to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan.

    Xabar berishlaricha, mazkur bitim O‘zbekiston Energetika vazirligi va Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi o‘rtasida imzolandi. Kelishuvning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda issiqlik va shamol elektr stansiyalari quradi