07:44 / 23.09.2019
4 060

Sobiq «Chorsu» mehmonxonasi 1 so‘mga sotuvga qo‘yildi

Sobiq «Chorsu» mehmonxonasi 1 so‘mga sotuvga qo‘yildi
Toshkent markazida joylashgan sobiq «Chorsu» mehmonxonasi 1 so‘m qiymatda kim oshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda «e-auksion»da e’lon berildi.
E’londa qayd etilishicha, mehmonxona 2 yil ichida 25 million dollar investitsiya kiritish sharti bilan sotilmoqda.

Shunindek, sarmoyador kamida uch yulduzli mehmonxona xizmatini tashkil etishi; shartnoma tuzilgunga qadar eng kam investitsiya miqdorining kamida 10 foizi (ya’ni 2,5 mln.AQSh dollariga teng) miqdordagi mablag‘ni o‘zining xizmat ko‘rsatuvchi bankida alohida hisob raqami ochgan holda joylashtirish orqali kafolat berishi hamda ushbu mablag‘lardan mulkiy majmuaga investitsiya kiritish uchun foydalanishi zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq «Chorsu» mehmonxonasi 1 so‘mga sotuvga qo‘yildi