08:50 / 23.09.2019
3 441

Farg‘onada o‘g‘liga nikoh o‘qigan ota yetti sutkaga qamaldi (video)

Farg‘onada o‘g‘liga nikoh o‘qigan ota yetti sutkaga qamaldi (video)
Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida o‘g‘liga nikoh o‘qib qo‘ygan otaga ma’muriy chora ko‘rildi. Bu haqda «Mening yurtim» telekanalining «Markaziy studiya» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Sayyor sud majlisida ko‘rib chiqilgan ishda ota o‘g‘liga nikoh o‘qib qo‘yishlarini so‘rab, bir necha imom-domlaga borganini, biroq ularning bari rad javob beravergach, oxiri o‘g‘lini o‘zi nikohlab qo‘yganini aytgan.

O‘g‘liga nikoh o‘qigan ota aslida bu ish bo‘yicha hech qanday vakolatga ega emasligini ham tan olgan. Sud unga yetti kunlik ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan. O‘g‘liga nikoh o‘qigan ota qo‘lida kishan bilan sayyor sud majlisidan olib ketilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada o‘g‘liga nikoh o‘qigan ota yetti sutkaga qamaldi (video)