17:20 / 23.09.2019
2 459

2 yildan beri aliment to‘lamаgan otaga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

2 yildan beri aliment to‘lamаgan otaga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Majburiy ijro byurosining Angren shahar bo‘limi ish yurituvida,fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlarora sudining buyrug‘iga asosan, Angren shaharda istiqomat R.Rasulovdan sobiq turmush o‘rtog‘i S.Rasulovaning foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun, barcha oylik daromadlarini 1/3 qismi miqdorida aliment pullarini undirish belgilangan edi.

Biroq, alimentchi ota 2017 yil yanvar oyidan 2019 yil iyun oyini qo‘shib hisoblaganda 29 (yigirma to‘qqiz) oy davomida har oyda 502 ming 688 so‘m so‘mdan jami 14.577.978 so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

Natijada, ma’muriy ishlar bo‘yicha Angren shahar sudining qarori bilan R.Rasulov O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan javobgarlikka tortilib, 15 kunlik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan bo‘lsada, qarzdor ota bundan xulosa chiqarmadi.

Mazkur xolat yuzasidan qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2 yildan beri aliment to‘lamаgan otaga jinoiy ish qo‘zg‘atildi