21:30 / 23.09.2019
4 067

Jahon chempioniga Tracker mashinasi berildi (foto)

Jahon chempioniga Tracker mashinasi berildi (foto)
Boks bo‘yicha jahon chempioni, 52 kg. vazn toifasidagi Shahobiddin Zoirov hamda uning murabbiyi Istam Kabinovga Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Shevrolet Tracker avtomobillarini topshirdi.

Jahon chempioni va uning murabbiyini taqdirlash marosimi «Ark» qo‘rg‘onida bo‘lib o‘tdi.

— 2016 yilgi Rio Olimpiadasida hamda 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida yuksak natijaga erishgan edim. Yekaterinburgda kechgan murosasiz va shiddatli bahslar ham omad keltirdi. Bu yutuq va muvaffaqiyatlarim ortida men uchun hamisha duoda bo‘lgan ota-onam va meni qo‘llab turgan Vatanim bor. Ular oldida, shuningdek, meni doimo janglarga shiddatkor kirishimda kuch bag‘ishlagan murabbiyim oldida ta’zimdaman. G‘alabalarim sizlar uchun! — dedi Shahobiddin Zoirov “Ark” qo‘rg‘onida to‘plangan muxlislariga.

21 sentyabr kuni Yekaterinburgda o‘tgan jahon chempionatida Zoirov oltin medalga ega chiqqandi.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jahon chempioniga Tracker mashinasi berildi (foto)