07:45 / 24.09.2019
3 009

Toshkentdagi mayning-fermada yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi mayning-fermada yong‘in yuz berdi
Foto: Spot
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Muhammad Yusuf ko‘chasida joylashgan mayning-fermada 23 sentyabr kuni tong soat 7:00 atrofida yong‘in yuz berdi. Daryo’ning yozishicha, videorolik ilova qilingan tegishli xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Unda ta’kidlanishicha, ferma yonib ketgani ta’kidlangan, biroq ferma egasining ma’lum qilishicha, aslida bari boshqacharoq bo‘lgan.

«Ingichka simlarning birida qisqa tutashuv yuz bergan. Kir yuvish mashinasi va ikkita qo‘shimcha xona yonib ketdi. Mayning bilan hammasi joyida, bizda hamma narsa nazorat ostida», — deyiladi xabarda. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatidan xabar berishlaricha, yong‘in oqibatida qo‘shimcha xonaning 30 kvadrat metr maydonda ichki qismi va jihozlari yonib zararlangan.

Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
«Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan binoning 60 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in elektr simlarning qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati axborotida.

Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil iyulida O‘zbekistonda blokcheyn, kripto-aktivlar va mayningni rivojlantirish va joriy etish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi. O‘shanda kripto-aktivlar aylanmasi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi, ushbu aylanma bilan bog‘liq operatsiyalar esa soliqqa tortilmasligi aytilgan edi.

«O‘zbekenergo» va «O‘zbekgidroenergo» kompaniyalariga mayning bo‘yicha pilot loyihani ishga tushirish bo‘yicha, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va AKT vazirligiga esa «Raqamli iqtisodiyot va blokcheyn-texnologiyalar to‘g‘risida»gi qonun loyihasini kiritish to‘g‘risida topshiriqlar berilgan edi. 2019 yil boshida esa O‘zbekistonda kriptobirjalarni litsenziyalashtirish tartibi tasdiqlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi mayning-fermada yong‘in yuz berdi